Rayimbek Matraimov Bokudan Bishkekka ekstradisiya qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 05:26
Qirg‘iziston Bojxona qo‘mitasi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimov Bokudan ushlab kelindi. U bilan birga uning akasi, «O‘shgaz» idorasi rahbarining sobiq o‘rinbosari Tilak Matraimov ham keltirilgan.

2024 yilning yanvar oyida Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Matraimovga nisbatan qidiruv e’lon qilgan edi. U shaxslarni kuch ishlatib ozodlikdan mahrum etishda gumonlanmoqda.

2021 yilda Rayimbek Matraimov bojxonadagi korrupsiya ishi figurantiga aylangan edi. U 2015–2017 yillarda bojxona qo‘mitasida rais o‘rinbosari bo‘lganida Xitoydan keltirilgan avtomobillarni ro‘yxatga olish bo‘yicha nayranglarda ishtirok etishda ayblashgan. Matraimov tergov bilan hamkorlik qilib, 22 mln dollar zararni qoplagan edi.

Rayimbek Matraimovning akasi Tilakdan tashqari yana ikki aka-ukasi Iskandar va Islom Matrayimovlar Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga keltirilgani xabar qilinmoqda.

Rayimbek Matraimov 2010-yillarda Qirg‘izistonda bojxonaga katta ta’siri bor, hukumatda keng aloqalarga ega inson sifatida tanilgan edi. Matraimovlar klaniga o‘nlab binolar, yirik transport kompaniyalari, omborxona va boshqa narsalar tegishli bo‘lgan. So‘nggi yillar ichida Matraimovlar oilasi bojxonadagi pozisiyalaridan mahrum etilib, Qirg‘izistondagi aktivlarining bir qismidan ham mosuvo bo‘lgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati