Er aholisi 19 avgustda noyob hodisaga guvoh bo‘ladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 08:16
2024 yilning 19 avgustida eng ajoyib astronomik hodisalardan biri ro‘y beradi: osmonda “Bakra Oyi” ko‘tariladi. Bu super Oy va moviy Oyning kombinasiyasi hisoblanadi.

Mutaxassislarning fikricha, bu yil 19 avgust, 17-sentyabr, 17 oktyabr va 15 noyabr kunlari super Oy hodisasi ro‘y berishi kutilmoqda, ammo birinchi super Oy o‘zgacha bo‘lishi aytilmoqda.

Avgust oyida sodir bo‘ladigan to‘lin Oylardan birining nomi “Bakra Oyi”. Bu nom yilning shu davrida buyuk ko‘llarda va boshqa yirik suv havzalarida bakra baliqlarini tutgan hind qabilalari bilan bog‘liq.

Super Oy hodisasi vaqtida Oy odatdagidan ancha yorqinroq va kattaroq ko‘rinadi, lekin aslida bunday bo‘lmaydi. “Oy illyuziyasi” mavjud, unda Oy ufqqa yaqin bo‘lganda osmondagi balandligiga qaraganda kattaroq ko‘rinadi.

Oyning kraterlarini ko‘rish uchun teleskop yoki durbindan foydalanish mumkin.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati