Yakuniy mandat natijalari e’lon qilindi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 17-08-2024, 08:08
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Natijalarni 4 xil usulda bilish mumkin:
— my.uzbmb.uz saytidagi “Natijani ko‘rish” bo‘limiga pasport seriyasi va raqami hamda JSHSHIRni kiritgan holda (shaxsiy kabinetdan ham bilish mumkin).
— mandat.uzbmb.uz saytiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqami (7 xonali raqam)ni kiritgan holda.
— SMS xabarnoma xizmati orqali — 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami (7 xonali raqam)ni yuborgan holda (xizmat haqi mavjud).
—Oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladigan test natijalari qaydnomalari orqali.