Yuventus vingerini Italiya va Angliya klublari kuzatib bormoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 10
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 05:16
"Yuventus" vingeri Samuel Iling bo‘lajak transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.

20 yoshli futbolchi Massimiliano Allegri jamoasida kamdan-kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi, shu sabab uni mavsum oxirida sotib yuborishi mumkin. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Ilingga A Seriya va Angliya Premyer-ligasi vakillari allaqachon jiddiy qiziqish bildirishgan. Inglizning yaqin orada ketishi ehtimoliy ssenariy sifatida qaralmoqda. Futbolchining “Yuventus” bilan shartnomasi 2025 yilda yakuniga yetadi, shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar hozircha davom etmayapti.

Samuel ushbu mavsumda "Byankonerilar" safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt "Chelsi" tarbiyalanuvchisi narxini 12 million yevroga baholamoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati