Baydenning soqchilari Trampning ham xavfsizligini ta’minlashi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 05:56
AQSh Maxfiy xizmati prezident Jo Bayden soqchilarining bir qismini Respublikachilar partiyasidan davlat rahbarligiga nomzod Donald Tramp xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirdi. Bu iyul oyida sobiq prezidentga uyushtirilgan suiqasddan keyin amalga oshirildi, deb xabar beradi The New York Times.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shuningdek, Trampni ochiq havoda o‘tkaziladigan saylovoldi mitinglari paytida ehtimoliy hujumlardan himoya qilish maqsadida zirhli oyna ham sotib olingan.

Gazetaning o‘z manbasiga tayanib yozishicha, jamoaning bir qismini bunday taqsimlash — o‘z-o‘zidan noodatiy hodisa. Biroq Trampga tahdidlarning kuchayishi va Baydenning sayohat jadvalini qisqarishi bu ishni amalga oshirishga imkon tug‘dirgan. Odatda davlat rahbarining safargarlariga tayyorgarlik vaqtida jalb etiladigan xodimlar endilikda respublikachining himoyasi bilan band.

Oq uy va Trampning saylovoldi shtabi mazkur holatga izoh berishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, 13 iyul kuni 20 yoshli Tomas Metyu Kruks AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning Pensilvaniya shtati Batler shahrida saylovoldi tashviqoti mitingidagi chiqishi vaqtida unga qarata o‘q uzgandi. O‘q siyosatchi qulog‘ining tepa qismiga tekkandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati