Turkiyadagi yong‘in o‘rmondan turar-joy binolariga tarqalmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 02:32
Turkiyaning Izmir shahridagi o‘rmonda 16 avgust kuni ertalab boshlangan yong‘in so‘ng turar-joy binolariga o‘tgan. Bu haqda mahalliy İhlas agentligi xabar berdi.

«Izmirning Qarshiyaka tumanidagi o‘rmonli hududda boshlangan yong‘in aholi yashash joylariga ham o‘tdi», — deyiladi xabarda. Voqea joyiga ko‘p sonli o‘t o‘chiruvchilar va tibbiy guruhlar yuborildi. Nashrning qayd etishicha, qutqaruvchilarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, bir nechta uy yonib ketgan.

Yong‘inni o‘chirishda 5 ta samolyot, 15 ta vertolyot, 46 ta yer usti texnikasi, 10 ta suv tankeri, 4 ta buldozer hamda 4 ta havo va quruqlik guruhi ishtirok etmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati