Lukashenko 30 nafar siyosiy mahbusni afv etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 23:34
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «norozilik xarakteridagi jinoyatlari» uchun sudlangan 30 nafar mahbusni afv etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Telegram’dagi «Pul pervogo» kanali xabar berdi.

Afv etilganlar orasida 14 ayol va 16 nafar erkak bor. Ularning ayrimlari jiddiy kasal ekani, shuningdek, pensiya yoshidagi qariyalar ham borligi aytildi.

Lukashenko matbuot xizmatiga bog‘liq kanal ma’lumotlariga ko‘ra, ularning barchasi aybiga iqror bo‘lgan. Afv etilganlarning ismlari hozircha oshkor etilmadi.

Iyul oxirlarida Lukashenko 14 mahbusni afv etgandi, ular orasida 2020 yilgi namoyishlarda qo‘lga olingan shaxslar ham bor.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati