Yuventus va Milandan taklif olgan Motta kelajagi haqida o‘ylashni istamayapti

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 05:04
"Bolonya" ustozi Tyago Motta unga Italiyaning bir qancha yetakchi klublari qiziqish bildirayotgani haqida fikr bildirdi.

Avvalroq OAVda "Yuventus" va "Milan" Mottani taklif qilmoqchi ekani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

"Ayni paytda o‘zimni ajoyib his qilyapman. Bugun men kelajagim haqida o‘ylamayman, biz ajoyib lahzada turibmiz, biz undan zavqlanishni xohlaymiz. Ular menga shunday e’tibor qaratishayotganidan, jamoamiz e’tirof etilganidan xursandman", - deya Motta so‘zlaridan iqtibos keltiradi Tuttomercato.

Joriy mavsumda "Bolonya" 29 turda 54 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati