Shahrisabzda 9 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 23:12

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, bojxona va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shahrisabz shahri "Sariosiyo" MFY da joylashgan qurilishi tugallanmagan bino hovlisida turgan “Isuzu” rusumli avtomashina yuk xonasi ko‘zdan kechirilganida fuqaro B.A. umumiy bahosi 168,5 mln so‘mlik 6 turdagi jami 9 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini kelgusida viloyat bo‘ylab o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati