Hindistonda minglab ayollar gender zo‘ravonlikka qarshi tungi namoyish o‘tkazdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 22:52
15 avgustga o‘tar kechasi Hindistonning Kalkutta shahrida o‘n minglab ayollar gender zo‘ravonligiga qarshi tungi marshga chiqdi. Aksiyaga shahar shifoxonalaridan birida ishlagan stajyor hamshiraning uzun ish vaqtidan so‘ng zo‘rlangani va o‘ldirilgani sabab bo‘ldi, deb xabar beradi BBC News

Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida 14 dan 15 avgustga o‘tar kechasi o‘n minglab ayollar gender zo‘ravonligiga qarshi ko‘chaga chiqdi.

Marsh Reclaim the Night («Tunni o‘zingga qaytar») deb nomlandi va, BBCning ta’kidlashicha, o‘tgan hafta Kalkuttadagi davlat shifoxonasida 31 yoshli ayol shifokorning zo‘rlangani va o‘ldirilgani ortidan boshlangan deyarli bir haftalik namoyishlarning kulminasiyasi bo‘ldi.

Stajyor hamshiraning o‘ldirilishi 9 avgust kuni sodir bo‘lgan. 36 soatlik smenadan so‘ng u maxsus dam olish joyi yo‘qligi sababli seminar xonasida uxlab qolgan. Ertasiga ertalab hamkasblari uning yarim yalang‘och tanasini og‘ir jarohatlar bilan topgan. Keyinroq kasalxona volontyori qotillikda gumonlanib hibsga olingan.

Ayollar yonayotgan mash’alalar, plakatlar va Hindiston bayroqlari bilan adolat talab qildi. Ularga yosh va keksa erkaklar ham qo‘shildi.

«Gap faqat bir kechada emas. Har kecha ayollar erkin bo‘lishi va ko‘chaga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerakki, kelajakda hech qaysi qizning ota-onasi kech bo‘lganda farzandim uyga sog‘-salomat qaytadimi yoki yo‘qmi, deb o‘ylamasligi lozim», — deydi namoyishchilardan biri.
Kichik norozilik namoyishlari Hindistonning boshqa ko‘plab shaharlarida — Dehli, Haydarobod, Mumbay va Puneda ham bo‘lib o‘tdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati