Mark Sukerberg xotiniga haykal o‘rnatdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 22:44
Facebook asoschisi Mark Sukerberg ayoli Prissilla Changa 2 metrlik haykal o‘rnatdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, haykal Tiffany va Dior brendlari bilan hamkorlik qilgan nyu-yorklik rassom Daniel Arsham tomonidan yaratilgan. Chan yashil rangda tasvirlangan bo‘lib, uning ustiga kumush metalldan ishlangan plash kiydirilgan.

Mark Sukerberg o‘zining Instagram sahifasiga joylagan suratda Channing haykali daraxt tagiga o‘rnatilganini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, Mark Sukerberg va Prissilla Chan 2003 yilda Garvarddagi talabalar kechasida tanishgan. Er-xotin 2012 yilda turmush qurgan. Hozirda ular uch nafar qizni, 9 yoshli Maksima, 7 yoshli Avgusta va 1 yoshli Aureliyani tarbiyalamoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati