Uzbekistan Airwaysning Malayziyaga parvoz qilgan samolyotida o‘g‘rilar ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 22:34
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 2024 yil 15 avgust kuni Toshkent – Kuala-Lumpur (Malayziya) yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirgan qatnovida (HY553) yo‘lovchilarning qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlashga urinish sodir bo‘ldi. Bu haqda aviakompaniya xabar berdi.

Qayd qilinishicha, samolyot Kuala-Lumpurga yetib borgach, havo kemasi ekipaji tomonidan [yo‘lovchilarning buyumlari yo‘qolgani yuzasidan] polisiya chaqirilgan. So‘ngra polisiya havo kemasini ko‘zdan kechirgan. Shunda [yo‘qolgan] buyumlar topilgan. [O‘g‘irlikda] gumon qilingan chet el fuqarolari ushlangan va vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Malayziya poytaxti polisiya xizmatiga olib ketilgan.

Aviakompaniya yo‘lovchilarning qo‘l yuki uchun javobgar emasligini, qimmatbaho buyumlar va pul mablag‘lari har doim yo‘lovchining o‘zida turishi kerakligini eslatmoqda. Bundan tashqari, jomadonlarni qat’iy ravishda o‘rindiq tepasida joylashtirish tavsiya etiladi.

Avvalroq, rossiyaliklar Uzbekistan Airways reyslarida o‘g‘rilar paydo bo‘lgani haqida shikoyat qilgani haqida xabar berilgan edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati