• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Istanbuldagi deportasiya markazida o‘zbekistonlik ayollarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘linayotganligi aytildi

Istanbuldagi deportasiya markazida o‘zbekistonlik ayollarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘linayotganligi aytildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 21:08
Joriy yilning 16 avgust kuni «Ozodlik» telegram kanalida Istanbuldagi Chatalja deportasiya markazida o‘zbekistonlik ayollarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘linayotganligi, deportasiya markazida sanitariya-gigiyenik vaziyat og‘ir ahvolda ekanligi haqida audio xabarlarni o‘z ichiga olgan video e’lon qilindi.

Videoda mazkur deportasiya markazida saqlanayotgan o‘zbekistonlik ayollarning holidan O‘zbekiston diplomatik muassasalari vakillari umuman xabar olmasliklari to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar tarqatilgan. Bosh konsulxona xodimlari tomonidan Chatalja deportasiya markaziga har haftada bir marotaba tashrif uyushtirilib, vaqtincha saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarining yashash va ovqatlanish sharoitlari, tibbiy va huquqiy yordam olish imkoniyatlari muassasa rahbariyati ishtirokida muntazam ravishda o‘rganib kelinmoqda. Vatandoshlarimizning kerakli hujjat va boshqa yordamlar yetkazib berilmoqda.

Bundan tashqari, har bir tashrif doirasida kamida 10-15 nafar O‘zbekiston fuqarolari bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, muammolarini hal qilish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Xuddi shunday tashrif 15 avgust kuni amalga oshirildi.

Deportasiya markazi xorijlik fuqarolarni deportasiya qilish bo‘yicha hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ularni vaqtincha saqlash maskani bo‘lib, u yerda shaxsning jinoiy qilmishlarini isbotlashga qaratilgan surishtiruv yoki tergov harakatlari amalga oshirilmaydi.

Shu bois, videoda fuqarolarning noqonuniy qilmishiga iqror bo‘lishga majburlash holatlari kuzatilganligi to‘g‘risida e’lon qilingan vajlar umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

O‘z o‘rnida, vatandoshlarimizdan Turkiyada bo‘lish davrida ushbu davlatning migrasiya sohasidagi va boshqa qonunlariga qat’iy amal qilishlari so‘raladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati