Shri-Lankada prezident sayloviga 39 nafar nomzod ro‘yxatga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 20:26
Shri-Lanka saylov komissiyasi 21 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan oroldagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun 39 nafar nomzodni ro‘yxatga oldi. Bu haqda Shri-Lanka saylov komissiyasi rahbari Rmal Ratnayake ma’lum qildi, deb yozadi TASS.

Unga ko‘ra, avvalroq prezidentlik saylovida qatnashish uchun badal to‘lagan 40 nafar nomzoddan biri rasmiy ro‘yxatdan o‘ta olmagan. Shunday qilib, Shri-Lanka fuqarolari saylov byulletenidagi 39 kishidan biriga ovoz beradi. Ulardan 23 nafari siyosiy partiyalardan, 17 nafari mustaqil nomzodlardir.

Shri-Lanka rahbari lavozimiga nomzodlar ro‘yxatiga mamlakatning amaldagi prezidenti Ranil Vikramasingxe, muxolifatdagi “Birlashgan milliy kuchlar” partiyasi Sajit Premadasa va Milliy xalq kuchlari alyansi yetakchilari Anura Kumar Dissanayaka, shuningdek, mamlakatning sobiq prezidenti Gotabaya Rajapaksaning 38 yoshli jiyani – Namal Rajapaksa kiritilgan.

Shri-Lanka saylov komissiyasi prezidentlik saylovi uchun ovoz berishni 21 sentyabrga belgiladi, chunki Vikramasingxening vakolat muddati 17-noyabrda tugaydi.

Shri-Lanka Prezidenti besh yilga saylanadi va ikki muddat bilan cheklangan. Mamlakatda oxirgi prezidentlik saylovi 2019 yilda bo‘lib o‘tgan. Saylovda Gotabaya Rajapaksa g‘alaba qozondi. Biroq u 2022 yilning iyulida norozilik namoyishlari tufayli iste’foga chiqdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati