Qatar Eronni Isroildan qasos olmaslikka chaqirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 18:42
Qatar Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Abdel Rahmon Ol Soniy Eron rahbariyati bilan telefon orqali muloqotda G‘azo sektoridagi kelishuv bo‘yicha muzokaralar chog‘ida Tehronni Isroildan o‘ch olishdan tiyilishga chaqirdi. Bu haqda diplomatlar orasidagi anonim ikki manbaga tayanib The Washington post ()WP) xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Qatar rahbariyati muzokaralar chog‘ida Eronning Isroilga hujumi G‘azodagi mojaroni hal qilish bo‘yicha Dohadagi ikki kunlik maslahatlashuvlar chog‘ida erishilgan yutuqlarni xavf ostiga qo‘yishi mumkin, deb hisoblaydi. Manbalarning ta’kidlashicha, Qatar bosh vaziri muzokaralar chog‘ida «Eronni vaziyatni yumshatishga chaqirgan va tinch muhitni saqlash zarurligini ta’kidlagan».

Ularning so‘zlariga ko‘ra, amirlik hukumati rahbari maslahatlashuvlarda olg‘a siljish kuzatilayotgan bir paytda Tehronni yahudiy davlatiga zarba berish jiddiy oqibatlarga olib kelishidan ham ogohlantirgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati