Tramp Isroil hududini kengaytirish haqida bosh qotirishini ma’lum qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 18:16
Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp payshanba kuni antisemitizmga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda nutq so‘zladi. Tramp o‘z nutqi davomida Falastin tarafdori namoyishchilarni «kallakesarlar» deb atadi, yahudiyga turmushga chiqqan Kamala Xarrisni “Isroil va yahudiylarni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan kuchlar nomzodi” dedi va Isroil hududining kengayishi haqida o‘ylashini ma’lum qildi.

Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Kamala Xarris yahudiy advokat Duglas Emxofga turmushga chiqqaniga qaramay, Tramp uni antisemitizmni kuchaytirish, “Isroil va yahudiy xalqini” yo‘q qilmoqchi bo‘lganlikda aybladi.

“Kamala Xarris G‘arb tamaddunini, birinchi navbatda Isroil va yahudiy xalqini yo‘q qilmoqchi bo‘lgan kuchlarning nomzodi”, - dedi Tramp o‘z nutqida.

Urushga qarshi namoyishchilarni “HAMAS tarafdori bo‘lgan kallakesarlar” va “jihodga xayrixohlar” deb atagan Tramp, agar Oq uyga qaytsa, Isroil bosqiniga qarshi chiqqanlarni mamlakatdan chiqarib yuborishga va’da berdi.

Tramp yana bir bor amerikalik yahudiylar demokratlarga ovoz berayotganidan nolidi va sobiq prezident AQShdagi eng yuqori martabali yahudiy amaldori, Senatdagi ko‘pchilik yetakchisi Chak Shumerni «falastinlik» deb atadi.

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod, shuningdek, Isroil “Yaqin Sharqdagi boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda xaritada kichik bir nuqta”ga o‘xshab ko‘rinishini aytib, “Isroilni kattaroq qilish” yo‘llari bor-yo‘qligi haqida bosh qotirishini ma’lum qildi.
Tramp tadbirda marhum milliarder Sheldon Adelsonning rafiqasi va uning eng yirik donorlaridan biri Miriam Adelson bilan birga ishtirok etdi. Adelsonning aytishicha, "Isroilning xavfsizligi va farovonligi haqida qayg‘uradigan har qanday yahudiy" Trampni Oq uyga qaytarishga yordam berishi kerak.
Iyun oyida Adelson Isroilga noqonuniy ravishda bosib olingan G‘arbiy Sohilni anneksiya qilish va Falastin davlati tuzilishiga yo‘l qo‘ymaslik evaziga bo‘lajak saylovlarda Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollardan ortiq mablag‘ sarflashga va’da bergani ma’lum bo‘ldi.
Adelson Trampning Isroilga xayrixoh bo‘lgan yagona yirik donori emas. Washington Post gazetasi iyun boshida Trampning may oyida ba’zi donorlar bilan uchrashgani, uchrashuv davomida sobiq prezident Isroil agressiyasiga qarshi “norozilik bildirgan har qanday talabani mamlakatdan haydab chiqarishga” va’da bergani haqida yozgan edi: “Bilasizmi, xorijlik talabalar ko‘p. Ular buni eshitsalar, o‘zlarini yaxshi tutishadi”.
Nomi oshkor etilmagan donorlardan biri talabalar va professorlar bir kun kelib hokimiyat lavozimlarini egallashi mumkinligidan shikoyat qilganida, Tramp Isroilga qarshi namoyishchilarni “radikal inqilob”ning bir qismi deb atab, ularni mag‘lub etishga ont ichganini bildirdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati