Putin safarga otlanmoqda. U Ozarbayjonga boryapti

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 17:48
Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga boradi, deya xabar beradi Kreml matbuot xizmati. Safar 18-19 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralar mavzulari orasida «Rossiya-Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar» alohida ajralib turadi.

Kreml bayonotida ta’kidlanganidek, tashrif yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot hamda bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Putinning respublikaga so‘nggi safari 2018 yil sentyabrida bo‘lib o‘tgan. Keyinroq Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya prezidentini qulay vaqtda mamlakatga yana tashrif buyurishni taklif qildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati