Mertensda faoliyatini yakunlash niyati yo‘q

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 04:22
"Galatasaroy" hujumchisi Dris Mertens hali butsalarini mixga ilish niyatida emas.

36 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayotgan edi, bu haqida bu yil boshida ma’lum bo‘lgandi. Biroq, belgiyalik hozir tan olishicha, ketish yaqin kelajakda ro‘y berishi dargumon.

"To‘g‘risini aytsam, qachon nafaqaga chiqishimni hali bilmayman. So‘nggi oylarda bu haqda ko‘p o‘yladim, lekin hali yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q. O‘ylaymanki, yana kamida bir yil o‘ynayman. Nega yo‘q? Hozir men tez-tez maydonga tushaman, menga hamma narsa yoqadi. "Galatasaroy"da o‘ynashda davom eta olaman yoki boshqa joyda ham paydo bo‘lishim mumkin", - dedi "Napoli"ning sobiq hujumchisi Spox nashriga bergan intervyusida.

Dris Mertensning "Galatasaroy" bilan shartnomasi iyun oyida nihoyasiga yetadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati