Baxtiyor saidov Sergey Lavrov bilan o‘zaro gaplashib oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 17:10
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar jadvalini muhokama qildi va Moskva hamda Toshkent o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirishga sodiqligini tasdiqladi. Bu haqda vazirlar o‘rtasidagi telefon muloqoti yakunlari bo‘yicha Rossiya TIV xabarida aytiladi .

“15 avgust kuni Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, unda Rossiya-O‘zbekiston hamkorligining dolzarb masalalari, jumladan, mintaqaviy va xalqaro darajalar, shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar jadvali muhokama qilindi”, — deyiladi Rossiya diplomatik xizmati xabarida.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2024 yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish kontekstida ikki davlat tashqi siyosat idoralarining asosiy vazifalarini ko‘rib chiqqan.

«Tomonlar Moskva va Toshkent o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirish, jumladan, BMT va turli ko‘p tomonlama integrasiya platformalarida birgalikda ishlash maqsadida diplomatik sa’y-harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirishga sodiqligini tasdiqladilar», — deyiladi Rossiya TIV xabarida.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati