Tottenxem yarim himoyachisi: Albatta, jamoadagi holatimdan noroziman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 04:12
"Tottenxem" yarim himoyachisi Pyer-Emil Xyoybyerg asosiy tarkibda o‘rini yo‘qligidan noroziligi haqida gapirdi.

Daniyalik futbolchi “shporlar” bosh murabbiyi Anje Postekogluning talablariga javob bermayapti, shu sababli u joriy mavsum boshidan buyon jamoadagi o‘rnini yo‘qotdi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, yarim himoyachi yozda klubini o‘zgartirishga tayyor.

“Albatta, “Tottenxem”dagi holatimdan noroziman. Hech kimga sir emas, lekin men shov-shuv ko‘tarmoqchi emasman. Murabbiyga u menga ishonishi kerakligini isbotlash uchun qo‘limdan kelganini qilyapman", - deya 28 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi Insayder Fabrisio Romano Tipsbladet nashriga tayanib.

Pyer-Emil Xoyberg joriy Premyer-ligada 27 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq bulardan bor-yo‘g‘i 6 tasida asosiy tarkibda bahsni boshladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati