Nig‘matilla Yo‘ldoshev yangi muddatga O‘zbekiston kurash federasiyasi raisi etib saylandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 15:32

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, hududiy kurash federasiyalarining mutasaddilari, tegishli mutaxassislar, delegatlar ishtirok etgan konferensiyada o‘tgan yillar davomida mamlakatimizda milliy sportimiz kurashni rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi rivojini qo‘llab-quvvatlash, zarur infratuzilmani yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Xususan, Yevropa, Amerika, Osiyo, Afrika va Okeaniya qit’asining bir qator davlatlarida kurash turnirlari, turli chempionatlar, seminar-mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinishi asnosida milliy sportimizning xalqaro rivojiga alohida e’tibor qaratilayotgani aytib o‘tildi.

Konferensiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev delegatlarning ovoz berishi natijasida yangi besh yillik muddatga mamlakat kurash federasiyasi raisligiga qayta saylandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati