Arsenal Milan yarim himoyachisini kuzatmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 04:04
“Milan” yarim himoyachisi Ismoil Bennaser Londonning “Arsenal” klubiga qaytishi mumkin.

“Rossonerilar” agar jazoirlik futbolchi uchun taxminan 50 million yevro taklif qilinsa, yozda uni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor, deya xabar beradi Calciomercato. Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda, ammo 2015 yildan 2017 yilgacha unga egalik qilgan "Arsenal" yarim himoyachiga asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda.

Ismoil Bennaser "kanonirlar"ning asosiy tarkibida faqat bitta o‘yin o‘tkazdi. 2017 yilning avgustida u "Empoli"ga 1 million yevroga sotildi, ikki yildan so‘ng esa 17 millionga "Milan"ga o‘tdi. Transfermarkt portali futbolchining hozirgi qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati