1000 dan ortiq fuqaroni aldab, pullarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 8
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 13:04
1000 dan ortiq fuqarolarning 550 mln so‘m pullarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi. Samarqand viloyatida yashovchi B.O‘. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 7.300.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi K.A. sodir etganligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi K.A., jabrlanuvchi B.O‘.ga qo‘ng‘iroq qilib, unga "Lamifarm" tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan tanlovda televizor va kondisioner yutib olganligini va ushbu yutuqlarni olish uchun yetkazib berish xizmatiga 200.000 so‘m o‘tkazib berish kerakligi hamda telefon qurilmasiga kod kelishini aytgan va “PAYME” ilovasidan kelgan kodni aytishi bilan plastik kartasidagi 7.100.000 so‘m miqdordagi pullarini yashirin tarzda o‘zining foydalanuvida bo‘lgan plastik kartasiga o‘tkazib olib, uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.

Holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu shaxs telegramda “CALL CENTER” nomli akkaunt ochib, 1000 dan ortiq fuqarolarning 550 mln so‘m pullarini o‘zlashtirganligi ma’lum bo‘ldi. ——— Mazkur holat yuzasidan K.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. ————






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati