Nigeriyada 39 ta mpox virusi bilan kasallanish holati aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 8
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 12:34
Nigeriyada yil boshidan buyon 39 ta mpox virusi bilan kasallanish holati aniqlandi.

Afrikaning eng gavjum mamlakati Nigeriyada yil boshidan buyon jami 39 ta mpox (maymunchechak) virusi aniqlangan. Bu haqda Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi direktori Jide Idris jurnalistlarga ma’lum qildi.

Idrisning so‘zlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab virusdan o‘lim holatlari qayd etilmagan. NCDC virusga qarshi kurash choralarini muvofiqlashtirishda davom etmoqda va yuqori xavfli guruhlarni emlashni ko‘rib chiqmoqda, dedi u. «Nigeriya Jynneos vaktsinasining 10 000 dozasini olishni kutmoqda», deya qo‘shimcha qildi Idris.

Nigeriya hukumati kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida xalqaro sayohatchilar uchun maxsus salomatlik shaklini tayyorladi.

Afrika Ittifoqi Afrika mamlakatlarida tez tarqalayotgan mpox virusi tufayli butun qit’a bo‘ylab sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat e’lon qildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati