Paredes Romada de Rossi bilan birga ishlayotganidan xursand

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 03:52
"Roma" yarim himoyachisi Leandro Paredes bosh murabbiy Daniele de Rossi bilan ishlash haqida gapirdi.

Italiyalik mutaxassis yanvar oyi oxirida ishdan bo‘shatilgan Joze Mourinyo o‘rniga rimliklar jamoasini qabul qilgandi. Mashhur sobiq yarim himoyachi boshchiligida jamoa ajoyib natijalarga erishmoqda va Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun da’vogarlar ro‘yxatiga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

"Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman va jamoadagi o‘rnim avvalgidan ko‘ra barqarorroq. De Rossi bilan ishlash menga juda ko‘p foyda keltiradi. O‘ylaymanki, uning o‘yin haqidagi qarashlari men uchun eng yaxshisi. Men kundan-kunga o‘zimni kuchliroq his qilyapman", dedi 29 yoshli argentinalik futbolchi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati