Xorijlik fuqaro 1000 qutidan ziyod tamaki mahsulotlarini olib o‘tmoqchi bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 12:00
Joriy yilning 15 avgust kuni taxminan soat 04:50 larda “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Pekin-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan xorijlik fuqaroning 2 dona qora va 1 dona qizil rangli yo‘l sumkalari tegishli tartibda tekshirildi.

Yuklar ichidan bojxona nazorati uchun belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda aytilmagan, jismoniy shaxslar tomonidan tamaki mahsulotlarini olib kirish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 31 mln 20 ming so‘m bo‘lgan jami 1 070 qutida 4 turdagi tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati