Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 9
- Формат: mp4
- Дата релиза: 16-08-2024, 11:32
Shu kabi, Departamentning Quvasoy shahar bo‘limi, DXXning chegara qo‘shinlari va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro T.M. o‘z uyida umumiy bahosi 101,3 mln so‘mlik tegishli hujjatlari bo‘lmagan xorijda ishlab chiqarilgan 7 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.