A. Voitov va boshqalarga oid jinoyat ishi yuzasidan rasmiy axborot berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 11:06
15 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining ish yurituvida bo‘lgan A. Voitov (Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan) va boshqalarga hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining ish yurituvida bo‘lgan X. Karimov (Qishlok xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi direktori lavozimida ishlagan) va boshqalarga oid jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish yuzasidan dastlabki eshituv o‘tkazildi.

Dastlabki eshituv Jinoyat-prosessual kodeksining 405-6-moddasi talabiga muvofiq yopiq sud majlisida o‘tkazilib, uning natijasi bo‘yicha ikkita jinoyat ishi bitta ish yurituvga birlashtirildi.

A. Voitov va boshqalarga (jami 50 kishi) oid jinoyat ishini jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni 2024 yil 5 sentyabr soat 15.00 da jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosida boshlanadi.

Tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 168, 184, 185-2, 189, 205, 206, 28,209, 209, 211, 228 va 243-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

29 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 15 nafariga “garov“ va 6 nafariga "munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat" tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati