O‘zbekiston kubogida yarim finalchilar aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 8
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 10:46
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining chorak finali doirasida "Bunyodkor" – "Paxtakor" klublari o‘zaro raqobatlashdi.

Toshkent derbisida “Paxtakor” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 101-daqiqasida “Bunyodkor” klubi sardori Boburbek Yo‘ldoshevning qo‘liga to‘p tekkani sabab, bosh hakam Rustam Lutfullin 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Ushbu vaziyatdan Shahzod Azmiddinov muvaffaqiyatli foydalanib, penaltidan gol urdi va jamoasini yarim finalga olib chiqdi.



Shu tariqa, mamlakat kubogining 1/2 final bosqichiga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, “Andijon” – “Surxon”, “Paxtakor” – “Navbahor” klublari o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi.



Mazkur uchrashuvlar 30 avgust kuni soat 19:00da Andijon va Toshkent shaharlarida boshlanadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati