Er uchastkasiga bo‘lgan huquqingizni rasmiylashtirganmisiz?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 10:12
Xabaringiz bor, bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida 621 ming nafardan ortiq fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berilgan edi. Biroq bu imkoniyatdan hamma ham foydalana olmadi. Buning sababi turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin bugun muammoning yechimi bitta – yangi qonun qabul qilindi va hujjatlarni rasmiylashtirishga ulgurmaganlarga yana bir imkon berildi.

Ma’lumki, aholi daromadlarini oshirish va ularning bandligini ta’minlashda yer uchastkalari hamda dala tomorqalaridan samarali foydalanish ustuvor ahamiyatga ega. O‘tgan davrda qulay shart-sharoitga ega bo‘lgan ko‘plab uylar barpo etildi. Shu bilan birga, kadastr organlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda yakka tartibda uy-joy qurish sohasida qonuniylikni ta’minlash masalalarida tizimli xatolar va jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Bunda, uy-joy uchun zarur hujjatlarning mavjud emasligi aholida boshqa ijtimoiy masalalar, jumladan, yashab turgan joyga ro‘yxatga qo‘yish, mulk huquqiga ega bo‘lish va uni amalga oshirish imkoniyati yo‘qligi kabi muammolarni keltirib chiqardi. Ochig‘ini aytish kerak, Prezidentimizning 2018 yil 20 apreldagi “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni bilan berilgan imkoniyatlardan to‘la foydalana olmagan ayrim fuqarolarimizni bugun yana o‘sha muammo – o‘zboshimchalik bilan egalangan yer uchastkalarini e’tirof etish masalasi qiynab kelmoqda.

Ana shunday muammolarni hal etish, fuqarolarning tegishli ruxsatnomasiz qurilgan uy-joylariga nisbatan egalik huquqini e’tirof etish maqsadida yana bir imkoniyat berildi. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun yuqorida ko‘tarilgan masalalarni hal etishning huquqiy asoslarini yaratib berishga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatli bo‘ldi.

Ushbu Qonun o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etishning aniq tartiblari belgilangan. Ya’ni, fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan bunday hujjatlar yo‘qolgan yoki to‘liq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasi – o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi deb e’tirof etiladi.

Mazkur qonun bilan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning aniq tartibi belgilangan bo‘lib, quyidagi asoslar e’tirof etish huquqlarini vujudga keltiradi:
- 2018 yil 1 mayga qadar uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan bino va inshootlar;
- yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan binolar va inshootlar;
- e’tirof etish mumkin, deb topilgan lekin 2018 yil o‘tkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasida yakuniga yetmagan hollar;
- 2021 yil 8 iyunga qadar tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan ajratilgan, lekin tasdiqlash masalasi tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan yer uchastkalari;

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati