Sag‘bon ko‘chasida transformator yonib ketishiga bolalar sabab bo‘lgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 10:10
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda transformator yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati yong‘in sababini aniqladi.

Ma’lum qilinishicha, 15 avgust kuni soat 20:56 da Toshkent shahar Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasida joylashgan, transformator va shu yerda joylashgan choyxonaning tom qismi yonib ketgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv tehnikalari aytilgan manzilga soat 21:01 da yetib borib, yong‘in soat 21:29 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sodir bo‘lgan hududda kuzatuv kameralaridan olingan videoda yosh bolalarning gugurt bilan o‘ynashi oqibatida ushbu holat kelib chiqqani aniqlandi.

«Shu o‘rinda ota-onalardan yosh bollarni qarovsiz qoldirmaslikka hamda aholidan elektr qurilmalarining muhofaza hududlarida turli xil tez yonuvchan buyumlarni yig‘masliklarini so‘rab qolamiz», — deyiladi xabarda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati