Dubayga fohishalik uchun olib ketilayotgan 20 yoshli qiz aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 10:04
Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirida 20 yoshli qizning "odam savdosi" qurboni bo‘lishining oldi olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar qildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Angren shahrida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan (A.R.) oson pul topish maqsadida o‘ziga tanish bo‘lgan 20 yoshli qiz (S.T.)ni aldab, uni mo‘may daromad topishga ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubay shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Ma’lumotga ko‘ra, yigit yosh qizni jo‘natayotgani uchun Dubay shahrida yashovchi ayoldan 2 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan.

Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati