Abbos G‘azoga borishga va’da berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 09:56
Falastin milliy ma’muriyati (FMM) rahbari Mahmud Abbos G‘azo sektorida davom etayotgan urush bilan bog‘liq xavf-xatarlarga qaramay, unga tashrif buyurish niyatida. Bu haqda u 15 avgust, payshanba kuni Turkiya parlamentining navbatdan tashqari yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

«Bu borada boshqa ilojimiz qolmadi, men va Falastin ma’muriyatining barcha a’zolari G‘azoga borishga qaror qildik va biz buni amalga oshiramiz», - deya ta’kidlagan Abbos. «Bizning hayotimiz G‘azo sektoridagi hech bir bolaning hayotidan qimmatli emas», - dedi u.

88 yoshli FMM rahbari 45 daqiqalik nutqida Falastin huquqlarini qo‘llab-quvvatlagani va insonparvarlik yordami ko‘rsatgani uchun Turkiya va turk xalqiga minnatdorchilik bildirdi hamda Isroilni G‘azo sektoridagi «genosid» uchun qoraladi. U Falastin xalqining o‘z yerlari uchun kurashda sobitqadamligini ta’kidladi. «Falastinliklar o‘z huquqlarini himoya qilishda davom etadilar va o‘z yerlarini tashlab ketmaydilar», - dedi u.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati