Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 09:36
Joriy yilning 27–29 sentyabr kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi.

Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15 avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. 14 sentyabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi. Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravarida to‘lov undiriladi.

15 sentyabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024 yil ikkinchi yarim yillik uchun jadvali tez kunlarda e’lon qilinadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati