Bangladesh Bosh vaziri o‘z iste’fosida AQShning qo‘li borligini aytdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 09:32
Bangladesh sobiq Bosh vaziri Shayx Xasina o‘z iste’fosiga AQShning aloqasi bor, deb hisoblaydi. Zero, u Avliyo Martin orolini harbiy baza qurish uchun Amerikaga berishdan bosh tortgan. Bu ma’lumot Xasinaning “Economic Times” ixtiyoriga kelib tushgan maktubida keltirilgan.

Avvalroq “Fisrtpost” nashri mazkur amalga oshmagan kelishuv haqida xabar bergan edi. Bu orol Bengal ko‘rfazida joylashgan bo‘lib, mamlakatning eng janubiy qismi hisoblanadi.

– Men Bosh vazirlikdan ketdim, – degan Xasina. – Agar Avliyo Martin oroli suverenitetidan voz kechib, Amerika Bengal ko‘rfazini nazorat qilishiga ruxsat berganimda, hokimiyatda qolishim mumkin edi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati