Murabbiylikda omadi yurishmagan yulduz futbolchilar

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 23:44
So‘nggi vaqtlarda ko‘plab sobiq futbolchilarning murabbiylik kasbini tanlayotganiga guvoh bo‘lyapmiz, ammo bu qiyin kasbda muvaffaqiyatga erishish oson emas. Quyida bosh murabbiylikda omadi chopmagan sobiq futbol yulduzlari haqida to‘xtalamiz.

Ole-Gunnar Sulsher (klubsiz)



"Manchester Yunayted" faxriysi, 1995 yildan 2007 yilgacha klubda o‘ynagan. Bu vaqt ichida Sulsher juda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritdi, jumladan oltita Premyer-liga chempioni va Chempionlar Ligasi g‘alabasi. Sultsher o‘z murabbiylik faoliyatini faoliyatini tugatgandan so‘ng darhol boshladi va "qizil iblislar" safida hujumchilar murabbiyi bo‘ldi, biroq u bu lavozimda uzoq vaqt ishlamadi. 2011 yilda Sulsher Norvegiyaning "Molde" klubini boshqarib, birinchi marta professional jamoa murabbiyiga aylandi. Keyin u "Kardiff"da, keyin yana "Molde"da ishladi. 2018 yilning dekabr oyida "Manchester Yunayted" o‘z afsonasini jamoa bosh murabbiyligida sinab ko‘rishga qaror qildi. Sulsher deyarli uch yil davomida klubni boshqardi. Boshida hammasi u darajada yaxshi chiqmadi, ammo vaqt o‘tishi bilan jamoa nisbatan yaxshi harakat qilib, natija ko‘rsata boshladi, 2020/21 yilgi mavsumda ular chempionatda kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Hammasi yaxshi bo‘ladigandek tuyuldi, ammo yangi mavsum boshlanishi "MYU" uchun yaxshi o‘tmadi va noyabrda murabbiy ishdan bo‘shatildi. O‘shandan beri Sulsher murabbiylik lavozimida ishlamadi, ammo 2023 yilda u UYEFA mutaxassislar ro‘yxatiga qo‘shildi va u yerda o‘yin tahlilchisi lavozimini egalladi.

Frenk Lempard (klubsiz)


Hali murabbiylik kasbida o‘zini topa olmagan "Chelsi" afsonasi. Lempard 2017 yilda faoliyatini yakunladi va darhol “ko‘klar”ga ishga joylashdi va yoshlar jamoasi murabbiyi bo‘ldi. 2018 yilda u "Derbi Kaunti"ni boshqarib, o‘zining birinchi mustaqil ishini oldi, ammo u yerda atigi bir mavsum o‘tkazdi. 2019 yilning yozida Lempard "Chelsi"ni qabul qilib olgan edi, biroq bir yarim yil davomida u jamoa o‘yinini yaxshilay olmadi va Premyer-ligada medallarga erisha olmadi. Shundan so‘ng Lempard "Everton"da ham muvaffaqiyat qozona olmadi va 2023 yilning aprelida u yana "Chelsi"ga keldi, lekin bu safar bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida. Uning bu safargi qaytishi ham u darajada yaxshi chiqmadi va mavsum oxirida uning o‘rniga Maurisio Pochettino tayinlandi.
Andrea Pirlo (“Sampdoriya”)

Pirlo futbolchilik faoliyatining katta qismini "Milan"da o‘tkazgan bo‘lsa-da, "Yuventus" tarixiga ham o‘z nomini yozishga muvaffaq bo‘ldi. "Keksa sinyora" safida o‘ynab yurgan paytlarda Pirloni dunyoning eng yaxshi himoyachi yarim himoyachisi deb atashgan va bu borada bahslashish qiyin. 2020 yil iyul oyida Pirlo “Yuventus” yoshlar jamoasi murabbiyi bo‘ldi, biroq bir oy o‘tiboq Maurisio Sarri o‘rniga asosiy jamoani qabul qilib oldi. Pirlo o‘z ishini halol bajarishga harakat qildi, biroq u "Yuventus"ga noto‘g‘ri vaqtda kelgan, bundan tashqari, tajribasi yo‘qligi unga ta’sir qildi. Shu sababdan Pirlo 2021 yilning may oyida turinliklar jamoasini tark etgandi. Keyinroq murabbiy Turkiyaning “Fotih Karagyumruk” klubida ishlagan, hozirda esa Italiya B Seriyasida atigi yettinchi o‘rinni egallab turgan “Sampdoriya”ni boshqarmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati