G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotini qanday larzaga keltirmoqda?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 08:18

Isroil bankining sobiq bosh direktori Leumi Rakefet Rusak Aminoach G‘azo sektoridagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday zarar yetkazayotgani haqida gapirdi.

«Urush allaqachon Isroil iqtisodiyotiga 250 milliard shekeldan (67,3 milliard dollar) ko‘proq zarar keltirdi va mudofaa vazirligi har yili kamida 20 milliard shekel (5,39 milliard dollar) sarflanishini xohlaydi», dedi Aminoah Isroilning 12-kanaliga.

«Taqsimot ancha katta, bizda evakuasiya qilinganlar, yaradorlar va ko‘plab iqtisodiy ehtiyojlar bor, ular hatto urush xarajatlariga ham kirmaydi», - deya qo‘shimcha qildi u.

Isroil bankining sobiq gubernatori Yaakov Frenkel iyul oyida mamlakat budjeti taqchilligi 8,1 foizga yetganini aytib, kamomadni yengish eng dolzarb va muhim vazifa ekanini ta’kidladi.

«Isroil 2023 yilni defisitsiz boshladi va shundan beri vaziyat yomonlashdi. Iyul oyi oxiriga kelib, defisit 8,1 foizga yoki taxminan 155 milliard shekelga (41,8 milliard dollar) yetdi. Buni qoplash kerak», dedi u.
Discount Bank`ning sobiq bosh direktori Uri Levin, o‘z navbatida, Isroil xalqaro investorlar ishonchini qaytarmasdan turib, o‘z iqtisodiyotini tiklay olmasligini ta’kidladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati