Moskva Kiyevdan muzokaralar o‘tkazishni so‘radi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-08-2024, 01:28

Moskva Kiyevdan Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Kursk viloyatida asirga olingan harbiy asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni so‘ragan. Bu haqda payshanba kuni Ukraina parlamentidagi Inson huquqlari bo‘yicha komissari Dmitriy Lubines ma’lum qildi.

Ukraina rasmiysiga ko‘ra, muzokaralarda Rossiya tomoniga inson huquqlari bo‘yicha komissar Tatyana Moskalkova boshchilik qilmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina allaqachon harbiy asirlar bilan bog‘liq vaziyat haqida Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi va BMTni xabardor qilgan.

Financial Times gazetasi ham Ukraina harbiy razvedkasidagi manbasiga tayanib, muzokaralar jarayoni boshlangani haqida xabar berdi. Nashr suhbatdoshlari muhokama qilinayotgan ayirboshlashda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan mahbuslar soniga aniqlik kiritmadi.

Financial Times Kursk viloyatida asirga olingan rus askarlarining umumiy sonini yuzlab bilan o‘lchash mumkinligini yozadi. Independent gazetasining Ukrainaning yuqori martabali harbiylari orasidan suhbatdoshi Ukraina Qurolli kuchlarining operasiyasi natijasida rossiyalik harbiy asirlar soni 2 ming kishiga yetganini aytdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati