Germaniyada avtobusning ag‘darilishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 23:38
Germaniya sharqidagi Leypsig yaqinidagi avtobanda uzoq masofaga ketayotgan avtobusning ag‘darilishi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi, deb xabar beradi BBC.

Ma’lum bo‘lishicha, avtobus operatori Flixbus kompaniyasi bo‘lgan. Jamoat transporti A9 trassasida keskin o‘ngga burilib, yon tomoniga ag‘darilib ketgan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus Berlindan Nyurnbergga ketayotgan bo‘lib, yakuniy manzil Syurix bo‘lgan.

Saksoniya shtati rasmiylari qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati