3 ta hududda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 22:56
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Nurota tumanida faoliyat yurituvchi “R.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari suv nasosini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 228,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.J.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari parrandalarni parvarishlash ob’ekti qarzdorligi sababli gaz tarmog‘idan dalolatnoma asosida uzilgan bo‘lsa-da, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa qayta ulanib, jami 136,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Dehqonobod tuman bo‘limi va "O‘zenergoinspeksiya" Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd tadbirida “SH.Q.” dehqon xo‘jaligi rahbari SH.Q. xo‘jalik artezan qudug‘ining 3 dona suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 103 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati