Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi qarzlarini to‘ladimi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 22:36
Sobiq UFC jangchisi Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi qarzlarini yopdi. Shot bergan ma’lumotga ko‘ra, u barcha 302 million rublni (≈44,3 mlrd so‘m) to‘lagan.

Avvalroq Habibga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atilgan edi. Soliq idoralari uning barcha hisob raqamlariga taqiq qo‘yib, mol-mulkini xatlagan edi. Soliq qarzlaridan qutulgani unga nisbatan ochilgan ishning yopilishini anglatadimi yoki yo‘qmi noma’lum.

Rossiyaning «Proyekt» tadqiqot nashriga ko‘ra, Nurmagomedov prezident ma’muriyati rahbariyatining Ukrainaga bostirib kirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qat’iy so‘rovlarini e’tiborsiz qoldirgan. Shu tufayli unga nisbatan ta’qib boshlangan. Nurmagomedov bu xabarlarga izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, Hozirda Habib Nurmagomedov 35 yoshda. 2020 yil oktyabr oyida faoliyatini yakunlaga Nurmagomedov 2022 yil iyul oyida UFC Shon-sharaf zaliga kiritildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati