Surxondaryoda bog‘cha tarbiyachisi 5 yoshli bolani kaltakladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 21:58
Feysbuk foydalanuvchilaridan biri o‘zining sahifasida tarbiyachining bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘layotgani aks etgan videoni tarqatdi.

Uning ta’kidlashicha, holat Surxondaryo viloyati Denov tumani 16-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan.

Videoda tarbiyachi 5 yashar tarbiyalanuvchi M. I.ni yig‘lagani uchun kaltaklagan. Tarbiyachi bolani urib, ketidan mustaqillik haqida bolalardan so‘raydi, mustaqillik haqida she’r yodlatadi. Shuningdek, ayolning bolalarga qarata “qo‘ling tizzangda tursin”, degan buyrug‘i va asabiy ohangdagi ovozi ham eshitilgan.

"Videoda e’tiborimni tortgan yana bitta jihat, bolalarga yuz marta qo‘ling tizzangda tursin deyishdan maqsad nima? Bolaning qo‘li tizzasida turmasa nima bo‘ladi? Sizning bo‘yningizdan borib bo‘g‘adimi? Qaysi zamon standartlari bilan yashayapsiz?", deya tanbeh beradi foydalanuvchi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganmoqda Aniqlanishicha, ushbu voqea joriy yilning 13-avgust kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 16-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan. Tarbiyachi A.G. mashg‘ulot davomida 2019-yilda tug‘ilgan M.I. (o‘g‘il bola) beodoblik qilgani uchun go‘yoki uni tarbiyalash maqsadida qo‘lidagi chizg‘ich bilan urgan.

Hozirda holat yuzasidan Denov tumani IIB tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Ta’lim muassasalarida bolalarga nomaqbul muomalada bo‘lish va jismoniy jazo qo‘llash holatlari javobsiz qolishi mumkin emas. Bunga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo‘llanilishi zarur.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati