Farg‘onada o‘zgalar nomiga onlayn kredit rasmiylashtirib kelgan firibgar qo‘lga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 20:06
Farg‘ona viloyatida yashovchi 28 yoshli T.A. IIOga murojaat qilib, uning nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra onlayn kredit rasmiylashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi 36 yoshli R.E. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, gumonlanuvchi R.E., jabrlanuvchi T.A.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini "Bank operatori" sifatida tanishtirib, "SMS" xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, onlayn tarzda 6.800.000 mln. so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan va o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan R.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "a,b,g" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati