Chilonzorda 3 ta mashina va skuter ishtirokida YTH bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 18:18
Toshkent shahri Chilonzor tumanida 3 ta avtomobil va skuter ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHBB xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning 14 avgust kuni soat 23:40 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida haydovchi 2002 yilda tug‘ilgan O.T. boshqaruvidagi Cobalt, haydovchi 1990 yilda tug‘ilgan SH. Y. boshqaruvidagi Monza, haydovchi 2005 yilda tug‘ilgan U.M. boshqaruvidagi mototransport (skuter), haydovchi 1999 yilda tug‘ilgan M.N. boshqaruvidagi Spark to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Voqea oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari boshlangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati