55 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlar murojaatini o‘z vaqtida ko‘rmagani uchun jazolandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 18:04
Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim hokim yordamchilari tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Vazirlar Mahkamasining 373-son qaroriga asosan, hokim yordamchisi tadbirkorning kredit olish uchun arizasini 5 kun ichida ko‘rib chiqib, Yagona elektron platformaga o‘z xulosasini kiritishi shart.

Ammo Jizzax viloyatidagi 55 nafar hokim yordamchisi ushbu talabga rioya qilmagan. Ularning harakatsizligi oqibatida 110 dan ortiq tadbirkorning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmadi.

Zomin tumanidagi "Yaxshi niyat" (nomi o‘zgartirilgan) MCHJ rahbarining kredit olish uchun arizasi belgilangan muddatdan 60 kunga kechikib ko‘rib chiqilgani bunga misol bo‘la oladi.

Qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati