Rossiya Odessaga ballistik raketa uchirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 18:02
Rossiya qo‘shinlari chorshanba kuni kechqurun Odessaga raketa hujumi uyushtirdi, deya xabar beradi mahalliy hukumat.

Viloyat harbiy boshqarmasi rahbari Oleg Kiperning so‘zlariga ko‘ra, nishon port yaqinidagi fuqarolik infratuzilmasi bo‘lgan.

«Kechqurun dushman Odessaga ballistik raketa bilan hujum qildi. Bir kishi, don tashuvchi avtomashina haydovchisi jarohat oldi. Hozir jabrlanuvchining ahvoli o‘rtacha og‘ir, kasalxonaga yotqizilgan», — deb yozdi Kiper o‘zining Telegram-kanalida.

Unga ko‘ra, portning 39 yoshli xodimi ham jarohatlangan.

Mahalliy prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, hujum mahalliy vaqt bilan 19:30 atrofida sodir bo‘lgan. Bungacha Ukraina Qurolli kuchlari havo kuchlari Qrim hududidan raketa uchirilishi xavfi haqida ogohlantirgan edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati