Xitoy avtomobil ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 23:26
Avtomobilsozlik Xitoy sanoatining eng muhim sektorlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat YAIMining o‘rtacha 10 foizi uning hissasiga to‘g‘ri keladi.

????So‘nggi 10 yil ichida Xitoy avtomobil ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda. 2022 yilda 27 mln avtomobil ishlab chiqarilgan (AQSh –10,1 mln, Yaponiya – 7,8 mln) bo‘lib, jami avtomobil ishlab chiqarishning 39 foizi Xitoy ulushiga to‘g‘ri keldi.

♻Xitoy elektromobil va gibrid mashinalarni ishlab chiqarish va sotishda ham yetakchi hisoblanadi. 2022 yilda dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan elektr va gibrid dvigatelli avtomobillar o‘ntaligida Xitoyning 7 ta modeli ham bor edi.

???? 2018-2022 yillarda Xitoy va Markaziy Osiyo avtomobil sanoati mahsulotlarining tashqi savdosi 3 baravar oshdi, shundan o‘rtacha 40,4 foizi O‘zbekiston, 39,4 foizi – Qozog‘iston, 7 foizi –Qirg‘iziston, 6,7 foizi –Turkmaniston va 6,3 foizi – Tojikiston hissaga to‘g‘ri keldi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati