Al-Aqso masjidi tahqirlandi: Eron musulmon davlatlarini keskin munosabat bildirishga chaqirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 17:02
Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Nosir Kanoniy ikki o‘ta o‘ng qanotchi isroillik vazir va bir olomon ko‘chmanchilar tomonidan Al-Aqso masjidining tahqirlanishini keskin qoralab, bu ig‘vogar harakat sionistik rejim G‘arbiy Osiyoda keskinlikni kuchaytirishga intilayotganini ko‘rsatishini ta’kidladi.

Seshanba kuni X`da yozgan Kanoniy, ba’zi isroillik vazirlar va sionist ko‘chmanchilarning Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi «musulmonlarning muqaddas joylarini ochiqdan-ochiq tahqirlash, butun dunyodagi musulmonlar huquqlarini poymol qilish, hamda mintaqada beqarorlik, keskinlik va ishonchsizlikni qo‘zg‘atishga mo‘ljallangan provokasion qadam» dedi.

Bosh diplomat adolatsiz va ziddiyatli harakatni qoralab, xalqaro hamjamiyatni, xususan, musulmon davlatlar va hukumatlarni bunga javoban keskin munosabat bildirishga chaqirdi.

«Xalqaro hamjamiyat va dunyo tuzilmalari sionistik rejimning xalqaro qonun va qoidalarga zid bo‘lgan vahshiy harakatlarini to‘xtatish uchun xolis va zudlik bilan mas’uldir», - deya qo‘shimcha qildi u.

O‘ta o‘ngchi milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir seshanba kuni bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga minglab olomonni boshlab keldi.

Xabar qilinishicha, bu vahshiy harakatga boshqa deputatlar ham qo‘shilgan.
U yerda yahudiylarning diniy marosimlari taqiqlanganiga qaramay, Isroil polisiyasi G‘arbiy Sohildagi zo‘ravonliklarda ishtirok etgan noqonuniy ko‘chmanchilarni himoya qilgan. Isroil polisiyasi, shuningdek, masjidga kirishga urinayotgan musulmon namozxonlarga «cheklovlar kiritdi».
Al-Aqso Islomning uchinchi muqaddas joyi va Falastin milliy o‘ziga xosligining ramzidir.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati