Tolibon davrida 1,4 millionga yaqin qiz ta’lim olish huquqidan mahrum bo‘lgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 15:54
Afg‘onistonda "Tolibon" hukmronligining uch yillik davrida 1,4 millionga yaqin qiz o‘rta ta’lim olish huquqidan mahrum bo‘lgan, deya xabar beradi YUNESKO.

«Afg‘oniston 12 yoshdan oshgan qizlar va ayollarning ta’lim olishini taqiqlovchi dunyodagi yagona davlatdir», - dedi YUNESKO Bosh direktori Odri Azule.

YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda boshlang‘ich ta’lim bilan bog‘liq muammolar mavjud. Shunday qilib, Afg‘onistonda 12 yoshgacha bo‘lgan qizlarning ta’lim olishiga odatda ruxsat berilgan bo‘lsa-da, 2021 yildan boshlab boshlang‘ich maktabga qabul qilinganlarning umumiy soni sezilarli darajada kamaydi. YUNESKO 2022 yilda 5,7 million o‘g‘il-qiz boshlang‘ich maktablarda ta’lim olganini ta’kidladi, bu "Tolibon" hokimiyat tepasiga kelguniga qadar 2019 yilga nisbatan 1,1 millionga kam.

«Boshlang‘ich maktabga qabul qilishning qisqarishi amalda rasmiylarning ayol o‘qituvchilarning o‘g‘il bolalarga dars berishini taqiqlash haqidagi qarori natijasidir», - deya qo‘shimcha qildi YUNESKO.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati