Tadbirkorlik sub’ekti tomonidan tabiatga 80 million so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 15:36
Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari olib borildi. Reyd davomida tadbirkorlik sub’ekti tomonidan Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligining «Alachapon» bo‘limi 2-aylanma 5-kvartal hududidan ko‘mir qazib olinib, tashilayotganida yo‘ldagi 16 tup Zarafshon archasi va 2 tup uchqat daraxtlari ildiz qismi bilan qo‘porilib, kesib, sindirilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, 49 tup Zarafshon archasi va 1 tup uchqat daraxti o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikastlantirilgan. Natijada tabiatga 83 mln 810 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli tartibda chora ko‘rish maqsadida sud organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati